Kitob - eng buyuk Ustoz! U insonni kamolotga eltuvchi bamisli mayoq kabidir. Badiiy adabiyot, avvalo, insonlar qalbini tarbiyalaydi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Shu o'rinda, yoshlarni kitob mutolaasiga chorlash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ilm-ma’rifatini yanada boyitish maqsadida Yangiyer shahrida joylashgan 7-sonli umumta'lim maktabida zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan yangi kutubxona ochildi.
Mazkur yangi axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan ham ta’minlangan. 3000 mingdan ortiq kitob fondiga ega ushbu maskan ushbu maktab jamoasi uchun munosib tuhfa bo‘ldi desak sira adashmaymiz. Zero, kutubxona fondida barcha sohaga oid adabiyotlar, kitobxonlar bilim, saviyasini oshiradigan to'plamlar bilan boyitilgan.
O‘zbek hamda jahon adabiyotining bebaho javohirlari bilan bezatilgan ushbu ulug‘ maskan o'qituvchi va o'quvchilarning ma’naviy olamini yuksaltirib, hayotini charog‘on etishi, intellektual salohiyati va tafakkurini yuksaltirib, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu kutubxona maktab jamoasining sevimli maskaniga aylanishi s
hubxasiz.