Вернуться назад Распечатать

Xovos tumani 2-sonli sport maktabida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-yanvar kuni Xovos tumani 2-sonli sport maktabida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, Xovos tumani hokimi o‘rinbosari Nodir Abdullayev hamda tuman 2-sonli sport maktabi jamoasi va trenerlar ishtirok etishdi. 

 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 

🎙 Tashkiliy masalada bugungi kunda Xovos tumani 2-sonli sport maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan Alimov Raxmon Karimovich sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lganligi sababli o‘z arizasiga binoan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.







Xovos tumani 2-sonli sport maktabiga doimiy direktor tayinlanguniga qadar direktor vazifasini vaqtincha bajarish sport maktabining yoʻriqchi-uslubchisi Moʻminov Shavkat Joʻraqulovich zimmasiga yuklatildi.

Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasining matbuot kotibi Anvar Tuychiyev