Вернуться назад Распечатать

Kadastr pasporti uchun qancha pul to‘lanadi?

Kadastr pasporti uchun to’lovlar Vazirlar Mahkamasining "Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 186-son qarori bilan belgilab qo‘yilgan.

Xususan unga ko‘ra Kadastr pasportini tayyorlash bo'yicha davlat xizmatlari narxlari quyidagicha :

1) Ko‘chmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

  • Ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarga 3 ish kuni mobaynida, Yakka tartibdagi turar joylarga 5 ish kuni mobaynida — obyektning 1 kv.m. uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi, yaʼni 3910 so‘m mablag' undiriladi.

Misol uchun aytaylik sizning uyingiz 535 kv.m, Siz ushbu savdo do'koningizni kadastr pasporti tayyorlash uchun undiriladigan mablag' quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Uy-joy 535 kv.m.ni ko'paytirasiz BHMning 1,15 foiziga ya'ni bugungi kunda BHM 340 000 so'm bo'lsa, uning 1,15%=3910 so'mga teng. (535*3910=2 091 850) so'm kadastr pasporti uchun to'lov qilishingiz zarur bo'ladi.

2) Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

  • Umumiy maydoni 100 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulklarga 5 ish kuni moboynida — BHMning 1 baravari, yaʼni 340 000 so‘m;
  • Umumiy maydoni 100 kv.m.dan 1000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 7 ish kuni mobaynida— obyektning 1 kv.m. uchun BHMning 1,15 foizi, yaʼni 3910 so‘mdan;
  • Umumiy maydoni 1000 kv.m.dan 5000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 10 ish kuni mobaynida — BHMning 17,25 baravari (5 865 000 so‘m);
  • Umumiy maydoni 5000 kv.m.dan 15000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 15 ish kuni mobaynida — BHMning 34,5 baravari (11 730 000 so‘m);
  • Umumiy maydoni 15000 kv.m.dan 50000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 20 ish kuni mobaynida — BHMning 57,5 baravari (19 550 000 so‘m);
  • Umumiy maydoni 50000 kv.m.dan ortiq bo‘lgan mulklarga 25 ish kuni mobaynida — Bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari (hozirgi kunda 27 370 000 so‘m).

 

narxlar bazaviy hisoblash miqdori bo'yicha hisoblandi. Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganida kadastr xizmatlarining narxi ham mutanosib ravishda o‘zgaradi.

 

 

Kadastr sohasida imtiyozlar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini to‘laydi.

Masalan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi o‘zining nomidagi turar joy uchun kadastr pasporti shakllantirish uchun 340 000 so‘m hisoblangan taqdirda, ushbu summaning 50% miqdorida, yaʼni
170 000 ming so‘m undiriladi.

 

Qanday hollarda kadastr pasporti BEPUL rasmiylashtiriladi ?

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

  • ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
  • kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu holatlarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

 

Qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

YAIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

 

2023 yil davomida Sirdaryo viloyatida nechta kadastr pasporti rasmiylashtirildi ?

2023 yil davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan jami 27 756 ta ariza kelib tushgan va shundan 20 057 tasiga kadastr pasporti shakllantirildi. Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha yetakchi tuman shaharlarga keladigan bo’lsak  Guliston shahrida 3 139 ta, Guliston tumanida 2 500 ta, Sardoba tumanida 2 127 ta bilan yetakchilik qilishdi – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i B.Radjabov.