Har bir yil oʻz nihoyasiga yetib borar ekan, albatta, sarhisob qilinadi. Nimalarga erishildi-yu, rejadagi qay bir yumush bajarilmay qoldi. Kelgusida yoʻl qoʻyilgan xatolarni takrorlamasdan, aniq maqsadlar sari ishni tashkil etish belgilab olinadi.

Bugun Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida oʻtkazilgan tadbirda ham bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari hamda boshqarma xodimlari ishtirokida shu kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Sirdaryo viloyatida 2023-yilda ekologiya sohasidagi oʻzgarishlar, yutuq va kamchiliklar boshqarma boshligʻi I.Tagayev tomonidan batafsil bayon etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga toʻliq javob berildi hamda takliflar qabul qilindi. Shuningdek, 2024-yilda bajarilishi zarur boʻlgan vazifalar belgilanib olindi.


Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va jarayonlarni aholi orasida keng targʻib etishda oʻz hissasini qoʻshayotgan OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar boshqarma boshligʻining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
