Вернуться назад Распечатать

Tadbirkor manfaatlari sudda himoya qilindi

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ rahbarining murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, “Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ va “Oqoltin tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi  o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lib, shartnoma shartlariga ko‘ra, “Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ 4K-665 “Sardoba – Nayman” qishlog‘ida mahalliy avtomobil yo‘lining 8-10 km qismlarida toshqin natijasida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarishi, “Oqoltin tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi esa bajarilgan ishlar uchun 220 000 000 so‘m pul mablag‘ini to‘lab berish majburiyatini olgan.

“Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ shartnomada kelishilgan ishlarni 174 908 380 so‘mga bajargan bo‘lsada, “Oqoltin tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bajarilgan ish qiymatining 3 foizi miqdorida 5 247 251 so‘mni chegirib qolib, qolgan 169 661 129 so‘m pul mablagini MChJ hisob raqamiga o‘tkazib bermagan.

Ushbu holat mavjud shartnoma, taraflar o‘rtasida tasdiqlangan solishtirish dalolatnomalari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari, bajarilgan ishlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bajarilgan ishlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma-hisob-fakturasi va boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

FK 333-moddasining birinchi qismiga asosan qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi.

Shunga ko‘ra, guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ibrat Yo‘l Loyiha” MChJ manfaatida Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Oqoltiin tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sudning haql qiluv qarori bilan javobgar “Oqoltin tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi hisobidan da’vogar “Ibrat Yo‘l Loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 169.661.129 so‘m asosiy qarz, 6.000.000 so‘m penya, shuningdek Respublika byudjetiga 4.187.236,06 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

 

Nail Tagirov,

Guliston shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi