Yoshlarning muammolari o'rganildi
Sardoba tuman adliya bo‘limi boshlig‘i I.Yunusov o‘ziga biriktirilgan yigit-qizlarning xonadonlariga borib, ularning muammolarini yaqindan o‘rgandi.
Mahalladagi yettilik ishtirok etgan o‘rganishda "Ravot" va "Bo'ston" mahallalaridagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi, mavjud muammolari aniqlanib, ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqilishi belgilab olindi.