Вернуться назад Распечатать

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida bugun Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan A.Temur MFYdagi 96 ta xonadon oʻrganilib, aksiya haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolariga yanada qulayllik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.

Tadbir davomida 20 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo kaliti berish, bolani davlat maktabgacha taʻlim tashkilotiga joylashtirish uchun ariza berish va navbatni tekshirish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha  davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shuningdek, 18 ta yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.