Вернуться назад Распечатать

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o'tkazildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir ayrim vakolat va funksiyalari 10 taga birlashtirilgan holda tizimlashtirildi.

Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminarda mazkur farmon mazmun-mohiyatini tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida” 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Seminarda mahalliy hokimlik vakillari, kengash a’zolari va deputatlar ishtirok etdi.