Yangiyer shahar "Fazilat" mahallasida istiqomat qiluvchi A.Jabborov va Y.Qurbanova bir necha yillardan buyon shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan edi.
Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi oilaning nikohini qonuniylashtirish imkonini berdi.
Soha xodimlari tomonidan olib borilgan xatlov jarayonida A.Jabborov va Y.Qurbonovalarning murojaati qabul qilinib, tegishli hujjatlar tòplandi.
Yangiyer shahar FHDY bo'limi va shtab aʼzolarining sa’y-harakati bilan ushbu shar’iy nikoh qonuniylashtirildi hamda sayyor tartibda nikoh guvohnomasi hamda estalik sovg‘a taqdim etildi.