Inson hayotida turfa sinov va turli vaziyatlarga duch keladi. Biroq har qanday holatda ham hujjat ishi bilan bog‘liq masalada muammo bo‘lmasligi kerak. Zotan kimningdir nazdida oddiy holat sifatida qaralib, o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan birgina hujjat zanjir kabi boshqa hujjatlarning ham rasmiylashtirilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sayxunobod tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi fuqaro Matluba O‘rolovaning qizi Mashhura O‘rolova 2016-yil 29-noyabrda tug‘ilgan, biroq ba’zi bir sabablarga ko‘ra hozirgi kunga qadar unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olinmagan.
Aksiya doirasida FHDY bo‘limi tomonidan Matluba O‘rolovaning murojaati qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, 2016-yil 29-noyabrda tug‘ilgan farzandi Mashhura O‘rolovaga joriy yilning 24-yanvar kuni muddati o‘tgan tug‘ilish qayd etildi hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilishi ta’minlandi.
- Bu mening birinchi hujjatim, deya faxrlanadi qizaloq.