Вернуться назад Распечатать

Otaliqqa olingan maktabda ochiq dars o'tkazildi

Otaliqqa olingan maktabda ochiq dars o'tkazildi

Davlat ramzlari xalqimiz tarixi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan yorqin timsollardir. Xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari davlatimiz ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topgan. 

Sayxunobod tuman adliya boʻlimi tomonidan 4-sektor hududida joylashgan Guliston mahallasidagi 26-sonli umum taʼlim maktabida “Dalvat ramzlariga hurmat – yurtga muhabbatdan dalolat” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirildi, shunigdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi cheksiz faxru iftixorimiz timsoli ekanligi haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir yoshlar oʻrtasida davlat ramzlariga hurmat-ehtirom tuygʻulari shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.