Вернуться назад Распечатать

Shirinda huquqiy axborot kuni

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan. 

Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Shirin shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy axborot kuni” doirasida “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan davra suhbatida yoshlar huquqlari va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. 

Shundan so‘ng, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina o‘tkazildi va faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.