Sardoba tumanidagi 4-sektor hududi hisoblangan “Ravot” va “Bo‘ston” mahallalarida yashovchi 1142 nafar yoshlar tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan bo‘lib, bo‘lim tomonidan ushbu mahallalar yoshlari bilan turli uchrashuv va tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, yaqinda uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol hamda stol tennis musobaqasi tashkil etildi.
Yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu musobaqa mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqa do‘stlik, birdamlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bellashuvda g‘olib jamoalar va eng yaxhi ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.