Мурожаат учун:
@SirdaryoLive_bot
@SirdaryoLive_UZ

Yangiyer shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar targ'ib qilindi

11 март 2024, Понедельник
221
0

Endilikda chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish hamda abonentlar hisobini yuritish faqatgina Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi billing tizimi, elektron to’lov tizimlari yoki tijorat banklarining to’lov qabul qilish kassalari orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, chiqindi xizmatlari uchun oylik to’lovlardan qarzdorligi bo’lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi.

Qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilad.

Qonunchilikdagi ushbu yangilik Prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni bilan alohida belgilandi. Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 8-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida ishtirokida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida  mazkur farmon mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “O’zbekiston-2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo’nalishlari haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Бизнинг жамоамиз
Ҳамкорлар