Мурожаат учун:
@SirdaryoLive_bot
@SirdaryoLive_UZ

Boyovut tumanida "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda

05 январь 2024, Пятница
67
0


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Boyovut tumanidagi barcha mahallalarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, ayni mazmundagi tadbirlar bugun Farhod, Navro'z va Ijodkor mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkillandi.

Tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman madaniyat bo‘limlari hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlardan asosiy maqsad mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, umumbashariy qadriyatlarni kelajak avlod ongiga singdirishdan iborat ekanligi qayd etildi. 

 photo-2024-01-05-12-31-00-2 photo-2024-01-05-12-31-00 photo-2024-01-05-12-31-01-2 photo-2024-01-05-12-31-01 photo-2024-01-05-12-31-02-2 photo-2024-01-05-12-31-02 photo-2024-01-05-12-31-03 photo-2024-01-05-12-31-04

Tadbirlarda so‘zga chiqqanlar yurtimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaralari va bunyodkorlik tadbirlari haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tuman mahallalarida davom etmoqda.

Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Бизнинг жамоамиз
Ҳамкорлар