Quyi tizimlar faoliyati o‘rganildi
Quyi tizimlar faoliyati o‘rganildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov Boyovut tuman va Shirin shahar adliya bo‘limlarida bo‘lib jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, nogironligi boʻlgan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayoni bilan tanishdi.
Muloqotlar mobaynida quyi tuzilmalar faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Читайте также:



