Мурожаат учун:
@SirdaryoLive_bot
@SirdaryoLive_UZ

Aksiya doirasida Guliston shahrida sayyor qabul va uyma-uy targ'ibot o'tkazildi

03 февраль 2024, Суббота
205
0

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida “Bahor” mahallasida Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Safarboy Tog‘ayev sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbir avvalida qonunchilikdagi yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tildi, shuningdek adliya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Hech bir shahs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi hamda mavzuga doir buklet va flayerlar tarqatildi.

Sayyor qabulda 60 nafardan ortiq fuqarolar bilan muloqot qilindi, ularning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi. Shundan 5 tasi joyida o‘z yechimini topdi, 17 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, 10 ta murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi. 

Tadbir davomida davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari va ulardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi va jarayonda 30 nafar fuqaroga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi.  

Aksiya doirasida uyma-uy yurib tushuntirish ishlari olib borildi, qonunchilikka oid yangiliklar va huquqiy aksiya mazmun-mohiyati aks etgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Обсудить

Читайте также:

Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Бизнинг жамоамиз
Ҳамкорлар