Мурожаат учун:
@SirdaryoLive_bot
@SirdaryoLive_UZ

Yot g‘oyalar bizga begona

19 февраль 2024, Понедельник
208
0

Yot g‘oyalar bizga begona

Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ayniqsa, yosh avlodni axborot xurujlaridan himoya qilish o‘ta dolzarb. Bunda nafaqat ota-ona, ta’lim muassasasi balki, keng jamoatchilik birdek mas’ul.

Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan  “Ibrat” mahallasida joylashgan 14, 27-sonli umum taʼlim maktablarida “Yot g‘oyalar bizga begona” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ayni mavzuda so‘z bordi.

Tadbirda yoshlarni terrorizm va diniy ekstremizmning tahdidlariga tushib qolishlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillar hayotiy misollar orqali ochib berildi. Shuningdek, odam savdosi, korrupsiyaning huquqiy oqibatlari, ommaviy madaniyat va uning inson ma’naviyatiga salbiy ta’siri batasil tushuntirilib, mavzuga doir buklet va flayerlar tarqatildi.

Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Бизнинг жамоамиз
Ҳамкорлар