“Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Viloyat musiqali drama teatrida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Prezident archasi” tadbiri o‘tkazildi.
Unda oilaviy mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolganlar, Vatanimiz tinchlik- osoyishtaligini saqlash yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt fidoyilarining farzandlari, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar bolalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Marosimda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘z olib, bolajonlarni, barcha-barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi.
281 nafar o‘g‘il-qizga 17 turdagi shirinliklar, kanselyariya mahsulotlari, planshet, smart soatdan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi. Yakunda teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram spektakli namoyish etildi.











