100 yoshli otaxonga Prezident tabrigi va sovg‘alari topshirildi
Akmaljon Maxmudaliyev viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, hozirgi kunda 100 yoshdan oshgan boyovutlik O‘skan Hojimanov xonadonida bo‘ldi.
Viloyat hokimi faxriyga Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, bir martalik pul mukofoti va sovg‘alar tantanali topshirildi.
O‘skan Hojimanov 1943 yilda frontga otlanib, Moskva ostonalaridan Kenigsberg shahrini ozod qilishgacha bo‘lgan janggohlarni bosib o‘tdi. Oder daryosini kechib o‘tishda mardlik namunasini ko‘rsatdi. Urushning oxiri ko‘rinib qolganda yaralandi. Yaraslavl oblastining Ribinsk gospitalida bir yarim yil davolandi. 1950 yil Zomin tumanidagi ona qishlog‘i Achchiga kirib keldi. 28 yil xo‘jalikda shofyorlik qildi. Turmush o‘rtog‘i Novvotoy momo bilan 10 nafar farzandni voyaga yetkazib, elga qo‘shdi.


