“Hududgaztaʼminot” AJning rasmiy xabari Hurmatli isteʼmolchilar!
Yangi yil bayramlari va dam olish kunlari munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarni tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib oʻtadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yoʻqligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini eslatib oʻtadi.
Fursatdan foydalanib, “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarni bayram kunlarida tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Toʻlovlarni tuman gaz taʼminoti boʻlimlari va joylarda tashkil etilgan bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligini eslatib oʻtadi.
Maʼlumot uchun: Tabiiy gaz taʼminotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka boʻlib qolishining oldini olish maqsadida, oʻlchagichni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi taʼminotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan taqdirda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak. “Hududgaztaʼminot” AJ Сall-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati