29 dekabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» 29-31 dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. O‘zbekistonning aksariyat qismida 29 dekabr kuni yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30–31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi +2...+7 daraja; 30–31 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, 30 dekabr kuni kunduzi +2...+7 daraja, 31 dekabr kuni kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Обсудить
Читайте также:
Комментарии (0)




