Мурожаат учун:
@SirdaryoLive_bot
@SirdaryoLive_UZ

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorligida o'tkazilgan matbuot anjumani

28 август 2025, Четверг
86
0

 
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorligida o'tkazilgan matbuot anjumani


Ushbu matbuot anjumanida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joroiy yilning o'tgan 7 oyi moboynida o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati sohasida 2 294 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 380,2 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlangan,

Shundan:
47 ta xolatda 276,3 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan,
2 073 ta holatda 25,1 gektar ahola punklari yerlaridan,
138 ta holatda 23 gektar sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlaridan,
25 ta holatda 0,2 gektar suv fondi yerlaridan
17 ta holatda 55,6 gektar zaxira yer maydonlardan tashkil etadi,

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 2 294 ta jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ogoxlantirishlar berilgan, 1798 ta holatda jismoniy shaxslar tomonidan 71,8 gektar tomorqa sifatida foydalangan yer maydonlari va noqonuniy qurilgan imoratlar ixtiyoroiy ravishda bartaraf etilgan.
Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 355 ming 622 gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan ko‘chmas mulklar soni yil boshida 216 246 tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning 1 avgust holatiga ushbu ko‘rsatgichlar 219 817 tani tashkil qilgan, yaʼni 3 571 taga ushbu ko‘rsatgichlar oshgan.

joriy yilning 7 oy davomida viloyatdagi 20 ming 674 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan 4 284 ta yangi, 16 390 ta ko‘chmas mulk obyektlari qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonun ijrosi yuzasidan 42 nafar viloyatimiz fuqarolariga uy-joylariga bo‘lgan egali huquqiy maqomi rasman eʼtirof etildi.
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan
2025 yilning 7 oyda Sirdaryo viloyat prokuraturasiga jami 8 ta holatda 43,0 gektar qishloq xo‘jalik yer maydonlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holati yuzasidan maʼlumotlar kiritilib, shundan prokuratura tomonidan 7 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 1 ta holatda kadastr agentligiga maʼmuriy chora ko‘rish uchun qaytarilgan.

huquqbuzarliklar yuzasidan jami 2.724 ta maʼmuriy ish hujjatlar tuzilgan bo‘lib, shundan MJtKning 271-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik bartaraf etilganligi sababli 1.469 ta maʼmuriy ishlar tugatilgan, 1.025 nafar huquqbuzarlarga nisbatan jarima jazolari tayinlangan.

Обсудить

Читайте также:

Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Бизнинг жамоамиз
Ҳамкорлар