Shartnoma majburiyatlari buzildi
Shartnoma majburiyatlari buzildi
"Guliston Metan Savdo" MCHJ hamda Guliston shahar Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasi o‘rtasida 2021-yil 15-yanvarda siqilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra "Guliston Metan Savdo" MCHJ umumiy narxi 36 000 000 so‘mlik, 2022-yil 19-oktabrda umumiy narxi 20 000 000 so‘m bo‘lgan mahsulot yetkazib berishi, Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasi iste’molchi sifatida to‘lovni amalga oshirishi lozim edi.
Biroq, Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasi shartnoma majburiyatlarini “unutdi”, avtotransport vositalariga uning talabi bo‘yicha siqilgan tabiiy gaz yetkazib berilgan bo'lsada, to'lov paysalga solindi.
"Guliston Metan Savdo" MCHJ rahbarining shartnomaviy munosabatlarga oid ushbu mazmundagi murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya boshqarmasi shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmasdan, qabul qilib olingan siqilgan tabiiy gaz haqini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab berilmagan.
Boz ustiga, da’vogarning ogohlantirish xatlari ham oqibatsiz qoldirgan. Natijada javobgarning da’vogar oldida 20 241 700,10 so‘m qarzi vujudga kelgan. Ushbu holatlar taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnoma, ishonchnoma, schyot-faktura, solishtirma dalolatnoma hamda ishdagi mavjud boshqa hujjatlarda ham o‘z isbotini topdi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
“Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofik, taraflar o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.
Yuqoridagilarga asosan, Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan "Guliston Metan Savdo" MCHJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Ish sudda ko‘rilib, hal qiluv qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan “Guliston Metan Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 20 241 700,10 so‘m qarzdorlik qonuniy tartibda undirilishi belgilandi.
Safarboy Tog‘ayev,
Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i
Читайте также:





