Sayxunobodda “Vatarparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Mamlakatdagi islohotlar jarayoniga yigit-qizlarni keng jalb qilish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir. Shu ma’noda adliya organlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Vatarparvarlik va milliy qadriyat” tadbirlari ham yosh avlodning qalbi va ongiga vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhini singdirishdek ezgu maqsadlarni ko‘zlaydi.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Guliston mahallasida joylashgan 26 va 39-umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda dastlab yoshlarga mamlakatimizda intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligi, yoshlarni qo‘llab-quvatlash borasida qator qonunlar, normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda umumta’lim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari ham ishtirok etib, ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning mazmun-mohiyati, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati, mavjud oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda ularda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar to‘g‘risida tushunchalar berishdi.


Ochiq muloqot usulida o‘tgan tadbirda sog‘lom fikrlaydigan va mafkuraviy immuniteti mustahkam bo‘lgan yoshlarga huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan bir qator taklif va mulohazalar berilib, o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati
Читайте также:



