Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida bugun Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan A.Temur MFYdagi 96 ta xonadon oʻrganilib, aksiya haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolariga yanada qulayllik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.
Tadbir davomida 20 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo kaliti berish, bolani davlat maktabgacha taʻlim tashkilotiga joylashtirish uchun ariza berish va navbatni tekshirish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shuningdek, 18 ta yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Обсудить
Читайте также:
06 февраль 2024, Вторник
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida sayxunobodlik fuqarolarning ham muammosi yechim topdi
03 февраль 2024, Суббота
Aksiya doirasida Guliston shahrida sayyor qabul va uyma-uy targ'ibot o'tkazildi
Комментарии (0)




