Yangiyerlik yoshlar uchun uy-muzeyiga sayohat uyushtirildi
Yangiyerlik yoshlar uchun uy-muzeyiga sayohat uyushtirildi
Muzeylar - tarix ko‘zgusi. U ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni yosh avlodga yetkazib beruvchi ilmiy va ma’naviy xazina. Bugun tarixdan so‘zlovchi muzeylar juda ko‘p va unga intilayotgan, tarixni o‘rganishga oshiqayotgan yoshlar ham talaygina.
Yangiyer shahar “Navro`zobod” mahallasida ham uy muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu muzeyda turli davrlarga mansub tarixiy eksponatlar, kulolchilik, misgarlik buyumlari, uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanilgan dastgoh va jihozlar, eng muhimi tarixiy asarlarni ham ko‘rish mumkin.
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan yoshlar bilan ishlash masalasiga alohida etibor qaratilgan holda, biriktirilgan yoshlarni uy-muzeyga sayohati tashkil qilindi.
Sayohat davomida yoshlar uy-muzey bilan yaqindan tanishib, tarix bilan oshno bo‘ldilar.
Hayitboy Sayitov,
Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i
Читайте также:

