Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti
Huquqni bilish – taraqqiyot kaliti
Inson hamma qonunlarni bilishi mumkin emas, ammo u eng muhim qonunlarni bilishga majbur. Bu konstitutsiyaviy majburiyatdir.
“Huquqni bilish - taraqqiyot kaliti” shiori ostida Guliston shahar “Bahor” MFY hududidagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan huquqiy darsda “Konstitutsiya va yoshlar huquqlari” bosh mavzu bo‘ldi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov, Guliston shahar adliya bo'limi boshlig'i S.Tog'ayev ishtirok etib yoshlar huquqlari, burch va majburiyatlari, yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritishdi.
Tadbir doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida huquqiy test va viktorina o‘tkazilib, g‘olib jamoalar badiiy adabiyotlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Читайте также:





