ADLIYA VA YOSHLAR
Boyovut tuman DXM direktori E.Ernazarov 4-sektor hududida joylashgan 51-sonli umumta'lim maktabida yoshlar bilan uchrashdi.
Yoshlar o‘ztasida sog‘lom turmush tarzini targib qilish maqsadida tadbirga Osiyo chempionati, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklarida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 1-o‘rinni egallagan, 7 karra O‘zbekiston chempionati g‘olibi Malika Jumayeva taklif etildi.
Uchrashuvda Malika Jumayeva o‘zining erishgan natijalari va bu boradagi sa'y-harakatlari, o‘tkazilgan mashg‘ulotlari to‘g‘risida o‘quvchi yoshlarga gapirib berdi.
- Har safar musobaqaga chiqar ekanman, ko'z oldimda ota-onam, ustozlarim turardi. Vatanim madhiyasi dunyo minbarlarida yangraganda qalbimdan o'tgan tuyg'ularni so'z bilan ifodalab berolmayman, - deydi chempion.






